Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Qasamyodini buzgan sud raisi vazifasidan ozod etildi

Qasamyodini buzgan sud raisi vazifasidan ozod etildi

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bir nafar sudya (jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sud raisi) sudyalik qasamyodini buzgani tufayli vazifasidan ozod etildi. 

Yig‘ilishda 29 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish masalasi ham ko‘rib chiqilib, faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 25 nafarini intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi, to‘rt nafariga nisbatan rad etildi.

Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan:

Abrorbek Azimovich Karimov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Baxodirjon Baxtiyorovich Ergashev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Kamoliddin Ravshanovich Murodov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudining raisi lavozimiga;

Qobuljon G‘ulomjon o‘g‘li Abdullayev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
 

Kiritildi: 19:20 06.04.2021. O'qildi: 2513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!