Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor L.Xvandan undiruvchi “Wellen Group” MCHJ foydasiga 58.419.173 so‘m qarz undirish belgilangan. Ijro harakatlarini olib borish davomida, qarzdor L.Xvanning nomida bo‘lgan “Spark” rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlandi. Byuroning Navoiy shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida avtotransport vositasi topilib, jarima maydonchasiga qo‘yilishi ta’minlandi.
Mazkur holat yuzasidan qarzdorlikni so‘ndirish maqsadida “Spark” rusumli avtotransport vositasini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Qarzdor tez fursatlarda qarzdorlikni bartaraf etmasa, qarzdorlik “Spark” rusumli avtotransport vositasining sotuvidan tushgan pul mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.