Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Qarzdor jamiyatdan 777 mln so‘mdan ortiq davlat boji undirildi

Qarzdor jamiyatdan 777 mln so‘mdan ortiq davlat boji undirildi

Majburiy ijro byurosining Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituviga Toshkent tumanlararo iktisodiy sudining joriy yilning 4 fevral kunidagi ijro varaqasiga asosan tumandagi  “2-son Qurilish Direksiyasi”dan 777 mln 164 ming so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, jamiyatningg mulkiy holatini aniqlash uchun, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalariga asosan tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, qarzdor korxonaning barcha hisob raqamlariga band solingan.

Natijada, joriy yilning 25 may kuni 777 mln 164 ming sum davlat boji hamda ijro yig‘imlari to‘liq undirildi.

Byuroning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan qarzdor jamiyatga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar olib tashlanib, ijro hujjati tamomlandi.

Kiritildi: 19:02 02.06.2020. O'qildi: 2050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!