Majburiy ijro byurosining Mirzaobod tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 26.09.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Ibodullayevich baraka” MCHJ hamda qo‘shimcha javobgarlar Q.T va R.T lardan undiruvchi “Agrobank” ATB Oqoltin tuman filiali foydasiga kredit qarzdorligi undirishni garov mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati 16.12.2022 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan. Ijro harakatlari davomida 17.12.2022 yilda ushbu garovga qo‘yilgan 2 dona Gentra rusumli avtotransport vositalari xatlanib va elektron onlayn-auksion savdosida sotilgan.
Shuningdek, bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan Guliston tumanlararo Iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdorlar “Guliston Road Builder” MCHJ va qo‘shimcha javobgar “Oqoltin irrigasiya qurilish” xususiy korxonasidan undiruvchi “Agro bank” ATB foydasiga jami 1 mlrd. 508 mln. so‘m kredit qarzdorligi undirish hamda qo‘shimcha javobgar “Oqoltin irrigasiya qurilish” xususiy korxonasiga tegishli “HOWO” rusumli yuk mashinasi va yarim tirkamalarga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha garov mulklari xatlanib, elektron onlayn-auksion sotilgan.
Ushbu auksion savdolaridan tushgan pul mablag‘lari undiruvchining bank hisob raqamiga o‘tkazib berildi.