Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Qarshida yangi qurilayotgan binoda yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning qulashi oqibatida bir kishi vafot etdi

Qarshida yangi qurilayotgan binoda yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning qulashi oqibatida bir kishi vafot etdi

Joriy yilning 23 iyun kuni soat 21:30da Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi “Nasaf Travel” mehmonxonasi binosining chap tomonidan qo‘shimcha qurilayotgan 5 qavatli binoning yuk ko‘taruvchi temir-beton konstruksiyalari qulab tushgani haqida birlamchi ma’lumotni taqdim etdi.

Xabarda aytilishicha, yuk ko‘taruvchi temir-beton konstruksiyalari qulab tushishi oqibatida, 1 nafar ishchi-xodim voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur vaziyat yuzasidan, hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy Gvardiya va Prokuratura organlarining hududiy  boshqarmalari shuningdek, Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimining kuch va vositalari yetib borishgan.
Ayni vaqtda, holatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 09:00 24.06.2020. O'qildi: 2293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!