Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Qarshida «Neftchi»ni jiddiy sinov kutmoqda

Qarshida «Neftchi»ni jiddiy sinov kutmoqda

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turida «Surxon» Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida «Metallurg»ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda dastlab, «Metallurg» klubi a’zosi Shahzod Ubaydullayev 22-daqiqada hisobni ochdi. Birinchi taym so‘nggida Muhammadali Abdurahmonov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bu kutilmagan vaziyatlar «Surxon» jamoasini noqulay vaziyatga tushira olmadi va jamoa o‘yin tizginini qo‘lga oldi. Ikkinchi bo‘limning 86-daqiqasida Jahongir Abdusalomov penaltidan gol urib hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90-daqiqada ikkinchi goliga mualliflik qildi va jamoasi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, g‘alabani ilib ketgan «Surxon» 16 ochko bilan yettinchi pog‘onaga joylashdi. «Metallurg»ning 6 ochkosi o‘zgarishsiz qolib, so‘nggi pog‘onada turibdi.

Bugun, 20 iyun kuni Superliga 12-turining markaziy o‘yinida Qarshining «Nasaf» jamoasi Farg‘onaning «Neftchi» klubiga qarshi maydonga tushadi. Bahs Qarshida soat 20:00 da boshlanadi.

Jamoalar milliy chempionatimizda bugunga qadar 50 bor o‘zaro to‘qnash kelgan. Bu bahslarning 21 tasida «Nasaf», 18 ta o‘yinda esa «Neftchi» g‘alaba qozongan. 11 uchrashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati 67:56 – «Nasaf» foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: «Nasaf» – «Neftchi» 4:1, «Neftchi» – «Nasaf» 4:0. Jamoalarning so‘nggi o‘yini o‘tgan yili 7 oktyabr kuni aynan Qarshida bo‘lib o‘tgan va unda «Nasaf» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Qarshida «Neftchi»ni jiddiy sinov kutmoqda

Shuningdek, bugun Namanganning «Navbahor» jamoasi o‘z uyida «Qizilqum»ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida: hozirda «Nasaf» 19 ochko bilan Superliga jadvalida ikkinchi pog‘onada bormoqda. «Navbahor» va «Neftchi» esa 18 ochko bilan 3-4-o‘rindan joy olgan.

Kiritildi: 11:40 20.06.2024. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!