Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qarshida 33 yoshli xalq ta’limi bo‘limi xodimi o‘z joniga qasd qildi

Qarshida 33 yoshli xalq ta’limi bo‘limi xodimi o‘z joniga qasd qildi

Kecha Qarshi shahar Xalq ta’limi bo‘limida faoliyat ko‘rsatgan 33 yoshli bosh mutaxassis R.F. o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda “Nasafnevs” manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum Qarshi tumani Lagandi qishlog‘ida istiqomat qilgan. Qarshi shahridan hali qurilishi to‘liq yakunlanmagan ko‘p qavatli uylardan sotib olgan va shu yerda o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

“Nasafnevs” voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mudirasi Nargiza Samadova bilan bog‘landi.

N.Samadovaning aytishicha, marhum ikki kun ishga kelaolmasligini, bunga otasining sog‘ligida muammo borligini sabab qilib ko‘rsatgan va javob olgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, vafot etgan 33 yoshli xalq ta’limi xodimining 2 nafar farzandi bor. Bo‘lim mas’ullari oxirgi vaqtlarda uning ruhiyatida jiddiy o‘zgarishlarni sezishmagan

Ta’kidlanishicha, bo‘limning 33 yoshli xodimi shahar XTBda 2020 yil 11 martdan buyon faoliyat yuritib kelgan. XTBga ishga tayinlanishidan avval esa DXXda faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 09:48 27.12.2020. O'qildi: 4636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!