Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.E.” MCHJ mas’ul shaxslari umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bilyard o‘yini xonasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr energiyasi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Marhamat tumani bo‘limi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro I.I. va boshqalar "Konchilar" MFY hududidagi issiqxonada umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 539,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.