Ayrim G‘arb rasmiylari bo‘lajak urushlarga qarshi xavfsizlik kafolati sifatida Ukrainaga yadro qurolini qaytarish imkoniyatini tan olishmoqda, deb yozadi The New York Times manbalarga tayanib.
Nashrning yozishicha, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilmoqda, Kiyev NATOga taklif olishga intilmoqda, biroq bu dargumon. AQSh va Yevropa rasmiylari Ukraina uchun mumkin bo‘lgan xavfsizlik kafolati sifatida jilovlash choralarini muhokama qilmoqdalar.
Ba’zi rasmiylar hattoki janob Bayden Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Ukrainadan tortib olingan yadro qurollarini qaytarib berishi mumkinligini taxmin qilishgan.