Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qarshi shahrining sobiq hokimi 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Qarshi shahrining sobiq hokimi 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2023 yil 10 martdagi hukmi bilan J. F. (1972 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, 2016-2019 yillarda Qarshi shahar hokimi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (er berish tartibini buzish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) ga asosan 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ayni paytda sudlanuvchi J. F. tomonidan ushbu hukm ustidan berilgan apellyasiya shikoyati Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.

Kiritildi: 15:24 23.03.2023. O'qildi: 1898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!