"O‘zenergoinspeksiya" Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat Departamenti va gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida joylashgan "M." MCHJga qarashli noturar binoda gaz hisoblagichisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 310,2 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.