Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Qarshi shahrida qalbaki alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Qarshi shahrida qalbaki alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahri “Bunyodkor” MFYda yashovchi fuqaro SH.X. o‘z uyida yashirin sex tashkil etib, qalbaki alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 140 litr etil spirti, 1 500 dona aksiz marka, 20 500 dona yorliq, bo‘sh shisha idishlar, 2 500 dona yelim qopqoqlar, sana qo‘yish muhri hamda ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:03 09.09.2025. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!