O‘zenergoinspeksiya tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “N.M.S.” MCHJga qarashli binoda elektr qurilmalari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 45 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.