Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qarshi magistral kanalidan olingan suv namunasida vabo vibrioni aniqlanganmi?

A A A
Qarshi magistral kanalidan olingan suv namunasida vabo vibrioni aniqlanganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi magistral kanalining Qarshi tumanidagi “Mirmiron” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismidan olingan suv namunasida vabo vibrioni aniqlanganligi xususida xabarlar tarqatilgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi o‘lat profilaktika markazining viloyat filiali xodimlari tomonidan Qarshi magistral bosh kanalining Qarshi tumani “Mirmiron” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining viloyat bo‘yicha mintaqaviy filiali ro‘parasidagi ochiq suv havzasidan tekshirish uchun olingan suv namunasidan vabo vibrioni (kasallik chaqirmaydigan turi) aniqlangan.

Shu sababli aholi o‘rtasida vabo kasalligining oldini olish maqsadida mazkur hududda profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni olib borish bo‘yicha “O‘zbekiston mustaqilligi” oilaviy poliklinikasi mudirasiga bildirish xati yuborilgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qarshi tumani bo‘limi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlariga asosan yuqorida qayd etilgan hudud atrofida yashovchi aholi orasida o‘tkir oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, poliklinikaga o‘tkir diareya tashxisi bilan murojaat qilganlardan klinik va epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha vabo kasalligiga tekshirish uchun namunalar olib, laboratoriyaga yuborish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Tekshirishlar natijasida mazkur hududda vabo kasalligiga gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan. Yuqorida qayd etilgan ochiq suv havzasidan 2022 yil 19 iyul kuni vabo kasalligiga tekshirish uchun qayta namunalar olingan. Tekshiruv natijalari bo‘yicha vabo vibrionlari qayd etilmagan.

Mazkur hududda aholi o‘rtasida epidemiologik barqarorlik ta’minlanganligi va xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:10 22.07.2022. O'qildi: 4586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!