Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qarshi davlat universitetining 2-kurs talabasi o‘zini osib qo‘ydi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha munosabat bildirdi

A A A
Qarshi davlat universitetining 2-kurs talabasi o‘zini osib qo‘ydi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha munosabat bildirdi

Bosh prokuratura matbuot xizmati Telegram’dagi «Platforma.uz» kanalida «Talaba nega o‘z joniga qasd qildi?» sarlavhasi ostida chiqqan xabarga munosabat bildirdi.

E’lon qilingan xabarda Qarshi davlat universitetining fizika-matematika fakultetida to‘lov-kontrakt asosida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba o‘zini osib qo‘ygani qayd etilgan.

Idora matbuot xizmatining ta’kidlashicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, 2021 yil 27 fevral kuni jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, xabarda talaba qishki sessiya imtihonlaridan o‘tolmagani va uning imtihondan o‘tishi uchun o‘qituvchi katta miqdorda pora talab qilgani ko‘rsatilgan hamda aynan shu holat marhumning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan degan taxmin ilgari surilgan.

«Shunga ko‘ra, mazkur vajni o‘rganish maqsadida Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinadi», — deyiladi munosabatda.

Kiritildi: 13:04 14.04.2021. O'qildi: 3889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!