Shu kuni oliy ta’lim muassasasi hududiga 2000 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, viloyatimiz oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab ta’sis etilgan “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovining dastlabki 14 nafar sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, ulardan 5 nafari universitet talabalari hisoblanadi.
Ushbu tadbirlarda viloyat hokimi M.Azimov, viloyat oliy ta’lim muassasalari rektorlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari, va talabalar ishtirok etdi.