Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

"Qarshi aeroporti” da 116 dona qadimiy tangalarni Moskvaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi

"Qarshi aeroporti” da 116 dona qadimiy tangalarni Moskvaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi

“Qarshi aeroporti” chegara bojxona posti orqali “Qarshi-Moskva” yo‘nalishidagi HY-9623-sonli aviareys bilan uchib ketishni maqsad qilgan fuqaro X.X. “yashil yo‘lak” orqali harakatlanib kelayotganida, yonidagi qo‘l va yuk sumkalari rentgen apparatida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko‘rsatilmagan, qadimiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan, ishlab chiqarilganligiga 50 yildan oshgan jami 116 dona, metaldan tayyorlangan qadimiy tangalarni respublikadan yashirin tarzda olib chiqayotgan vaqtda to‘xtatib qolingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ma’muriy ish yuritilib, sud organlariga yuborilgan.

Ushlab qolingan qadimiy tangalar “Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi”ga topshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining tegishli xulosasiga ko‘ra, tangalar orasida Buxoro amirligi davrida zarb etilgan tangalar ham mavjudligi qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 10:46. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!