Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Qaroqchilar Somali qirg‘oqlari yaqinida Turkiya qurollari ortilgan kemani qo‘lga oldi

Qaroqchilar Somali qirg‘oqlari yaqinida Turkiya qurollari ortilgan kemani qo‘lga oldi
Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, M/V LUTUF nomli kema bortida Somali poytaxti Mogadishodagi Turkiya harbiy o‘quv markazi uchun mo‘ljallangan qurollar, shuningdek, aloqa vositalari va sun’iy yo‘ldosh uskunalari bo‘lgan. "Kemani sakkiz nafar qaroqchi egallab olgan, uning ekipaji esa 10 kishidan iborat bo‘lgan. Keyinroq ushbu olingan kema joylashgan hududga aviazarba berilgan va oqibatda to‘rt kishi halok bo‘lgan. Zarba aynan kim tomonidan berilgani hozircha noma’lum", deya yozmoqda nashr.
Kiritildi: 12:52 21.08.2026. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!