Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Qardosh davlatlar media sohasida tajriba almashmoqda

Qardosh davlatlar media sohasida tajriba almashmoqda

Boku shahrida II O‘zbekiston–Ozarbayjon media forumi qizg‘in ruhda o‘tmoqda. Unda mamlakatimiz vazirlik va idoralari matbuot kotiblari, axborot sohasida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Forum doirasida ishtirokchilar qator nufuzli tashkilotlarga tashrif buyurib, o‘zaro tajriba almashmoqda.

Tadbir ishtirokchilari Ozarbayjonning eng nufuzli oliygohlaridan biri — ADA universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bu yerda universitetning malakali professorlari tomonidan “Zamonaviy media kommunikasiyalari va ularning matbuot kotiblari faoliyatidagi o‘rni” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegasiyasi Ozarbayjon Mediani rivojlantirish agentligida uchrashuv o‘tkazdi. Agentlik rahbariyati ikki mamlakat media sohasidagi hamkorlik istiqbollariga, xususan raqamli makonda o‘zaro aloqalarni kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Uchrashuvda tomonlar vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari hamda media o‘rtasida izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini atroflicha muhokama qildilar.

Kiritildi: 12:27 30.09.2025. O'qildi: 482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!