Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qandolatchilik korxonalariga eksport bilan bog‘liq savdo operasiyalarini moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratiladi

A A A
Qandolatchilik korxonalariga eksport bilan bog‘liq savdo operasiyalarini moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratiladi

“Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–198-son, 21.11.2023) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operasiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:

➖eksport hajmi 500 ming AQSh dollarigacha bo‘lganda – 1 million AQSh dollarigacha;

➖eksport hajmi 500 ming AQSh dollaridan 4 million AQSh dollarigacha bo‘lganda – 2 million AQSh dollarigacha;

➖eksport hajmi 4 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda – 3 million AQSh dollarigacha;

🗓 2025 yil 1 yanvargacha:

🔹keng turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi;

🔹ip-kalava ishlab chiqaruvchilarga paxta va sun’iy tolani o‘z ehtiyoji uchun import qilishda (qo‘shni davlatlardan tashqari) transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

✅ Shuningdek, farmon bilan ayrim normativ huquqiy hujjarlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

🔸2024 yil 31 dekabrgacha ip-kalavani eksport qilishda undiriladigan yig‘imning amaldagi miqdori 5 baravarga kamaytiriladi;

🔸2024 yil 31 dekabrgacha bo‘yalgan mato va bo‘yalgan gazlamani realizasiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash hamda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish huquqi beriladi;

🔸2026 yil 1 oktyabrgacha to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan ayrim tovarlarni import qilishda bojxona bojidan ozod qilinadi;

🔸sanoat zonalarida yer maydonlari hamda bino va inshootlarni ijaraga berishda to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri amaldagi 12 oydan 24 oygacha uzaytiriladi.

Kiritildi: 16:28 21.11.2023. O'qildi: 1827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!