Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Qanday yo‘l qurgan afzal?

Qanday yo‘l qurgan afzal?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari asfalt va sementbeton yo‘llarning iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qildi.

O‘zbekiston so‘nggi paytlarda tranzit transporti uchun muhim markazga aylanib borayapti va avtomobillarda yuk tashish hajmining sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.

Avtomobil yo‘llarini qurishda rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olish maqsadga muvofiq: AQShda transport vositalari yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘llarning 60 foizi sementbeton qoplamali. Ushbu ko‘rsatkich Germaniyada 38 foizni, Avstriyada 46 foizni tashkil etadi. Xitoy va Yaponiyada ham ko‘proq sementbeton yo‘llar qurilayapti.

Sementbeton yo‘llarning umumiy iqtisodiy samaradorligi yuqori. Ulardan 30 yil yoki undan ham ko‘proq muddat ta’mirsiz foydalanish mumkin. Asfalt yo‘llar vaqti-vaqti bilan ta’mirlash hisobiga 8-12 yil davomida xizmat qiladi. Bitum hom ashyosi importini qisqartirish hisobiga sementbeton qoplamali yo‘llarni qurish pirovardida ancha arzonga tushadi (umumiy xarajatlar 40% dan kam).

Sementbeton yo‘llarning resurs bazasi ham katta. Uning asosiy tarkibiy qismlari - sement, shag‘al, tosh va qum O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida ishlab chiqariladi.

Bunday yo‘llarning atrof-muhitga ta’siri kamroq. Sharqiy Angliya universiteti mutaxassislari beton issiqxona gazlarini o‘ziga singdirishini aniqladi. 1930-2013 yillarda dunyo miqyosida barcha beton binolar, inshootlar va sementbeton qoplamali yo‘llar 4,5 gigatonna uglerodni o‘ziga singdirgan. Bu ishlab chiqarishda hosil bo‘luvchi CO2 ning 43 foizi degani.

"Yashil" qurilishning joriy etilishi mamlakatning turli xalqaro indekslar, jumladan, kredit reytinglari darajasini oshirishda yordam beradi.
Xalqaro tranzit yuk tashish uchun zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish asosiy vazifalar qatoriga kiritildi. Sementbetonning muhim ekologik va iqtisodiy ta’siri undan avtomobil yo‘llari qurilishida keng foydalanishdagi asosiy omil bo‘la oladi.

Kiritildi: 20:08 06.12.2022. O'qildi: 2870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!