Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qanday masalalar referendum predmeti bo‘lishi mumkin emas?

Qanday masalalar referendum predmeti bo‘lishi mumkin emas?

Ma’lumki, joriy yilning 30 aprel sanasida mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasining referendumi bo‘lib o‘tadi. Unda Konstitusiyaviy qonun loyihasi umumxalq ovoziga qo‘yiladi.

Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining referendumi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishi hisoblanadi. Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda umumxalq ovozi bilan qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, qonunchiligimizda belgilanganidek, referendum predmeti bo‘lishi mumkin bo‘lmagan masalalar ham bor.

Xususan, «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o‘zgartirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va soliqlar, amnistiya va avf etish, jamoat tartibini, aholi sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish, mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish masalalari referendum predmeti bo‘lishi mumkin emas.

Nizomjon Islomov tayyorladi.

Kiritildi: 15:55 27.03.2023. O'qildi: 3192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!