Kun issiq. Boz ustiga, ijtimoiy tarmoqlarda jaziramada qolib ketgan xom go‘shtlar suratlari qo‘yilib, umumiy ovqatlanish muassasalariga tegishliligi da’vo qilinmoqda.
Bular bari tabiiy savolni o‘rtaga tashlamoqda: qanday hollarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?
Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi hollarda:
* so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;
* go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transportda yetkazib berilgan bo‘lsa;
* veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;
* ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining F-200 shakldagi ma’lumotnomasi bo‘lmasa;
* veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma’lumotnomasi) bo‘lmasa;
* oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan bo‘lsa;
* xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan holatda bo‘lsa;
* veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan bo‘lsa – go‘sht sotilishi taqiqlanadi.