Har yili dunyoda 325 millionga yaqin odam gepatit B virusi va kamida 200 million kishi gepatit C virusi bilan kasallanadi.
AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati, ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonda gepatitga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi:
Qayd etilishicha, 2023 yilning 1 iyul holatiga Respublika hududlarida 338 285 nafar shartli sog‘lom shaxslar VGSga va 338 285 nafar aholi VGVga tekshirildi.
Ulardan 6230 nafarida surunkali virusli gepatit S va 8066 nafarida virusli gepatit V aniqlandi.
Skrining tekshiruvlarida virusli gepatitning S turi tasdiqlangan 6230 nafar bemorlarni davolash maqsadida virusga qarshi dori vositalarining Sofosbuvir va Daklatosvir dori vositalari tarqatildi.
O‘zbekistonda 65 dan ziyod oilaviy va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalardavirusli gepatitlarning “V” va “S” turlarini erta aniqlash uchun bepul skrining tashkil etilgan.