Ma’lumki, “Qamchiq” dovonida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli, 09 fevral kuni soat 13:30 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘li avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Shu sababli fuqarolarni dovondan evakuasiya qilish shtabi tuzilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida fuqarolarga 902-sonli “Angren – Orzu – Pop” yo‘nalishida maxsus poyezd reysi tashkil etildi va bugun soat 18:00da Ohangaron, Angren, Orzu temir yo‘l bekat va vokzallaridan Pop vokzaligacha yo‘lovchi poyezdda evakuasiya qilindi.
Shuningdek, 901-sonli “Pop – Angren” yo‘nalishida ham fuqarolarni dovondan evakuasiya qilish ishlari davom ettiriladi.