Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qamchiq dovonida yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, xandaqqa tushib ketdi

Bugun, 2 may kuni soat 03:10 da A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tgan qismida "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlangan "SHACMAN" rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida "Qamchiq" maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomashinasi xandaqdan olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Kiritildi: 17:30 02.05.2025. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!