FVV qutqaruvchilari tomonidan "Qamchiq" dovonida xandaqqa tushib ketgan yuk avtomashinasi olib chiqildi
Joriy yilning 24 may kuni soat 10:15 da A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tgan qismida "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlangan "HOWO" rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida "Qamchiq" maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomashinasi xandaqdan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.