Eron parlamenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
Bu hali yakunliy qaror emas — so‘nggi so‘z Eronning Milliy xavfsizlik kengashiga tegishli. Biroq bu kuchli signal hisoblanadi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi — sayyoradagi eng muhim neft va gaz yo‘llaridan biri. Uning orqali dunyo neftning 20% gacha va Qatar, BAA hamda Saudiya Arabistonidan katta hajmdagi suyultirilgan gaz o‘tadi.
Agar bo‘g‘oz yopilsa, bu global energetika zarbasiga sabab bo‘lishi va Yaqin Sharqda yangi mojaro to‘lqinini qo‘zg‘atishi mumkin.