Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qalqonsimon bez saratonidan darak beruvchi ikki noodatiy belgi aniqlandi

Qalqonsimon bez saratonidan darak beruvchi ikki noodatiy belgi aniqlandi

Mutaxassislar qalqonsimon bez saratonining yana ikkita noodatiy alomatini aniqlashdi.

Cancer Research UK – saraton kasalligini o‘rganish va unga qarshi kurashish xayriya tashkiloti qalqonsimon bez saratonining aksariyatga ma’lum bo‘lmagan ikkita alomatlari haqida ma’lumot berdi.

Qalqonsimon bez bo‘yinning old qismida joylashgan. Shu sababli kasallikning eng keng tarqalgan belgilari tananing aynan shu qismiga ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, tomoqning old qismida "yumaloq o‘simta" paydo bo‘lishi yoki yutinishda qiyinchiliklar his qilish.

Biroq ba’zi hollarda qalqansimon bez saratoni tananing boshqa qismlarida noodatiy alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. "Cancer Research UK" ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik haqida ogohlantiruvchi ikkita noodatiy belgilar mavjud.

Qalqonsimon bez saratoniga chalingan bemorlarda saraton hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan kalsitonin gormoni darajasining oshishi kuzatilishi mumkin. Natijada bemorlar quyidagilarni his qiladi:

diareya;

yuz terisining qizarishi.

Belgilar kasallikning aniq isboti bo‘lmasa-da, nazorat ostida ushlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar ular saraton kasalligidan kelib chiqqan bo‘lsa, erta aniqlash davolanishning muvaffaqiyatli o‘tishiga asos bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 23:42 08.06.2023. O'qildi: 3474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!