Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qalbaki kupyuralar tayyorlagan shaxs ushlandi

Qalbaki kupyuralar tayyorlagan shaxs ushlandi

Bugungi kunda ayrim kimsalar oson pul topishni o‘zlariga kasb qilib olmoqdalar. Hatto, ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi «ishbilarmonlar» qalbaki kupyuralar tayyorlab, muomalaga kiritishga ham urinishmoqda.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki kupyuralar tayyorlab, muomalaga chiqarishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi, 1995 y.t. «M.X.» o‘z jinoiy rejasini amalga oshirish uchun Termiz shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan birini vaqtinchalik ijaraga oladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, u ijaraga olgan xonadonda «Acer» rusumli noutbuk, «Epson» rusumli rangli printer hamda 4 dona «100 000» so‘mlik, 48 dona «50 000» so‘mlik, 12 dona «10 000» so‘mlik, jami 2 920 000 so‘m miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 15:00 15.01.2021. O'qildi: 2656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!