Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo do‘konlari aniqlandi

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo do‘konlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “T.SH.” hamda “O.R.” oilaviy korxonasi rahbarlari savdo do‘konlarida umumiy bahaosi 126,1 mln so‘mlik har-xil turdagi 1 972 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 20 turdagi 2 860 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:11 16.07.2024. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!