Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga chiqarilishining oldi olindi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.G.” MCHJ rahbari I.N. “Erqo‘rg‘on dehqon bozori” hududidagi savdo do‘konida umumiy bahosi 56 mln so‘mlik 15 turdagi 1 174 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Kitob tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.K.” MCHJ boshqaruvchisi SH.N. savdo do‘konlarida 1 079 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish), 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 22:51 21.02.2026. O'qildi: 151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!