Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qachongacha odamlarga qiyinchilik tug‘diramiz?

Qachongacha odamlarga qiyinchilik tug‘diramiz?

Uch-to‘rt kun ilgari Toshkentda to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzganlarni zamonaviy yo‘l bilan jazolash boshlangani, endi YPX xodimi haydovchining ishtirokisiz maxsus planshet orqali ta’qiqlangan joyda turgan mashinani suratga olib, belgilangan jarimani elektron tarzda manzilga jo‘natishi ma’lum qilingan edi.

Albatta, bu yangilik iliq kutib olinmadi. Chunki bu masala anchadan buyon muhokama qilinayotgan edi. Ya’ni, poytaxtimizda to‘xtash va to‘xtab turishni ta’qiqlovchi belgilar shunchalik ko‘p-ki, uni buzmaslikning iloji yo‘q. Tegishli idoraga bu belgilarni o‘rnatishni qaytadan ko‘rib chiqish taklifi ham berilgan edi. Ammo “qo‘l uchida” nimalardir qilindi, ammo haydovchilar buni his qilmadi.

To‘g‘ri, tartib-qoidani buzgan har qanday shaxs javobgarlikka tortilishi lozim. Ammo buning uchun tarozining pallasi teng ushlanishi, ya’ni fuqarolarga qonunni buzmaslik uchun sharoit yaratilishi kerak aslida.

Hisob-kitoblarga qaraganda, qoidabuzarliklar orasida eng ko‘p qayd etilayotgani ham aynan to‘xtash va to‘xtab turish bilan bog‘liq ekan. Demak, bu boradagi tartibni qaytadan ko‘rib chiqish lozim. Hech kim ataylabdan bu qoidani buzmaydi.

Takliflarim:
1.Katta ko‘chalarda “stoyanka” qurishning iloji yo‘q ekan, ko‘cha bo‘ylarida harakatga halaqit bermaydigan darajada arzon narxda vaqtinchalik to‘xtash joylarini tashkil qilish kerak. U yerga bu haqda maxsus belgilar o‘rnatish lozim.  
 
2. Vaqtinchalik “stoyanka”ga og‘ir mehnatga yaramaydigan yoki biron nuqsoni bor shaxslarni ishga olib, ularni maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlash kerak. Bu bilan yuzlab shaxslarni ish bilan ta’minlagan bo‘lamiz (ayrim idoralar, restoran va kafelar oldida anchadan buyon shunday noqonuniy xizmatlar foliyat ko‘rsatadi).

3.Ayrim “stoyanka”lar doimo bo‘sh bo‘ladi. Chunki xizmat haqqi juda yuqori. Odamlar esa tavakkal qilib, mashinasini ta’qiqlovchi begilar ostiga qo‘yib ketaveradi. Shu bois, “stoyanka”lar narxini qaytadan ko‘rib chiqish lozim. “Otning kallasi”dek narx belgilab bir kunda 100 ming ishlagan ma’qulmi yoki arzonroq qilib 500 ming.

4. “Stoyanka”lar narxini mahalliy hokimliklar tomonidan belgilashni bekor qilish kerak. Bozor iqtisodi deya hamma narsaning narxini erkinlashtiryapmiz.

Xullas, har qanday masalada bir oz bosh qotirib, odamlarga yengillik bo‘ladigan yo‘lini topsak bo‘ladi. Lekin biz aksini qilishni o‘rganganmiz.   

Jahongir ZIYAYEV, O‘zMTDP deputati

Kiritildi: 14:30 23.05.2020. O'qildi: 3831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!