O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga alohida hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni 5 ish kunida ko‘rib chiqish mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, buning uchun fuqarolar hududiy Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
* fuqaroning xorijda shoshilinch davolanishi va unga hamrohlik qiluvchi shaxs zarurligini tasdiqlovchi respublika yoki viloyat miqyosidagi davlat tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlar;
* yaqin qarindoshining og‘ir kasalligi yoki vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
* O‘zbekiston Respublikasi hukumatining topshiriqlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda xorijga chiqish hujjatini rasmiylashtirish zaruriyati yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning xodimlari haqidagi talabnomalar;
* xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishni tasdiqlovchi hujjatlar.