KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu bilan uchrashdi.
Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berdi.
"Shimoliy Koreya Ukrainadagi harbiy operasiyani o‘tkazishda Rossiyani doimiy qo‘llab-quvvatlashda davom etadi", — dedi KXDR yetakchisi Kim Chen In Sergey Shoygu bilan uchrashuvda.