Rossiya Ukraina bilan urushda juda katta qarshi hujumga tayyorlanmoqda.
Bu haqda Turkiyaning Haber Global telekanali saytida chop etilgan "Ukraina qon ko‘liga aylanadi. Katta urush manzili – Belgorod" sarlavhali maqolada aytilgan.
Qayd etilishicha, Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning Kursk viloyatidan olib chiqib ketilgandan so‘ng, bu safar ular Belgorod viloyatida keng ko‘lamli qarshi hujumga kirishgan: "Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlarini to‘xtatdi. Endi Rossiya juda katta qarshi hujumga o‘tishi kutilmoqda".
Maqolada iddao qilinishicha, Ukrainaning Belgoroddagi operasiyalaridan maqsad Rossiyaning yaqin kelajakda o‘t ochishni to‘xtatishga roziligini olishdir.
Shuningdek, "Yangi Kursk urushi" sifatida tavsiflangan Belgorod uchun olib borilgan janglarda Rossiyaning imkoniyatlari Ukrainanikidan uch baravar yuqori ekanligi ta’kidlangan.