Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Putinning “uchinchi qizi” topildi (foto)

Putinning “uchinchi qizi” topildi (foto)

Rossiyaning "Proyekt" (“Loyiha”) nashri "Rossiya" bankining minoritar aksioneri, Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi Svetlana Krivonogix haqidagi jurnalistik surishtiruv natijasini e’lon qildi.

Nashrning ta’kidlashicha, u katta boyligini Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin tanish ekanligi tufayli qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, mamlakatdagi eng yirik moliya institutlaridan biridagi aksiyalardan tashqari, Putinning sirli tanishi “Igora” tog‘-chang‘i kurortiga, Sankt-Peterburgdagi “Leningrad sentr” ko‘rgazma maydoniga, shuningdek, elita uylar va kvartiralarga egalik qiladi.

Jurnalistik surishtiruv mualliflarining fikriga ko‘ra, Krivonogix va uning oilasining umumiy aktivlari 7,7 milliard rubl (taxminan 100 million dollar)ga baholanmoqda.

Svetlana Krivonogix 1975 yilda tug‘ilgan. U oilasi bilan Leningraddagi kommunal kvartirada yashagan. Otasi ichkillika ruju qo‘ygani bois erta vafot etgan. Onasi qurilishda, Svetlananing o‘zi esa maktabdan keyin do‘konda farrosh bo‘lib ishlagan, keyin Iqtisod va moliya universitetiga o‘qishga kirgan.

Putinning “uchinchi qizi” topildi (foto)

Svetlana Krivonogix

Nashr manbalarining ta’kidlashicha, Krivonogix Putin bilan 90-yillarda, u prezident etib saylanishidan oldin tanishgan. 2003 yilda qizi Yelizaveta tug‘ilgan. Hujjatlarda otasining ismi ko‘rsatilmagan, faqatgina sharifi yozilgan - Vladimirovna.

Shu bilan birga, qizning tashqi ko‘rinishi, shubhasiz, uning prezident bilan qarindoshligiga ishora qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Proyekt" Bredford universitetining Vizual tahlil markazi direktoridan Putin va Yelizaveta Krivonogix o‘rtasidagi o‘xshashliklarni kompyuterda tahlil qilishni so‘ragan. Natija esa 70,44 foizni ko‘rsatgan. Aytish joiz, 75 foizdan yuqoriroq o‘xshashlik rasmlarda tasvirlanganlarning bir xil odam ekanligini anglatadi.

Nashrning yozishicha, Yelizavetaning o‘zi bir necha yillardan buyon boshqa familiya bilan yashab kelmoqda va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi o‘ylab topgan ism ostida akkauntlariga ega bo‘lib, surishtiruv mualliflari qizning fotosuratini "axloqiy sabablarga ko‘ra" nashr etishmagan – qiz hali 18 yoshga kirmagan.

O‘z navbatida, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu surishtiruv natijasiga quyidagicha izoh berdi: "Bilasizmi, men haqiqatan ham materialni o‘qib chiqdim. Ammo, u  ishonarli emas. Bu provokasiyadan boshqa narsa emas. Zero, bu material mutlaqo asossiz bayonotlarga asoslangan".

Kiritildi: 20:48 30.11.2020. O'qildi: 12028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!