Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvdagi asosiy bayonotlari:
— So‘nggi yillarda Xitoy o‘z taraqqiyotida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi, biz sizga biroz hasad qilamiz;
— Si Szinpin rahbarligida Xitoy rivojlanishda davom etadi va o‘z maqsadlariga erishadi;
— Rossiya va Xitoyning qo‘shma vazifalari va maqsadlari ko‘p;
— Rossiya Federasiyasi Xitoyning Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish rejasini diqqat bilan o‘rganib chiqdi;
— Rossiya Xitoyning Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish tashabbuslarini hurmat qiladi;
— Moskva va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar dunyoda ko‘p qutblilikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.