Rossiya Bosh shtabi va Mudofaa vazirligi hozirda Ukraina hududida Oreshnik zarbalari uchun nishonlarni tanlamoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasida so‘zlagan nutqida.
Rossiya Federasiyasi Prezidenti bular Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlari bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Moskva va Sankt-Peterburgdagi milliy ahamiyatga ega bo‘lgan nishonlarga zarba berishga uringan va «bu urinishlar davom etmoqda».
Putinning ta’kidlashicha, Rossiyada «Oreshnik»ga o‘xshash yana bir nechta komplekslar mavjud, ular foydalanishga tayyor.