Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Putinning nutqini qulog‘iga lag‘mon ilib tinglagan deputat jarimaga tortildi

Putinning nutqini qulog‘iga lag‘mon ilib tinglagan deputat jarimaga tortildi

Rossiya Kommunistik partiyasidan Samara viloyat dumasi deputati Mixail Abdalkin prezident Vladimir Putinning Federal Majlisga murojaatini qulog‘iga lag‘mon ilgan holda tomosha qilgandi. Mazkur holat yuzasidan deputat Rossiya Qurolli kuchlarini obro‘sizlantirishda aybdor deb topildi.

Deputatning advokati Aleksey Lapuzinning aytishicha, Abdalkin 150 ming rubl (1 959 dollar) jarimaga tortilgan. Himoya tomoni sud qarori ustidan shikoyat qilishni rejalashtirmoqda, chunki u buni noqonuniy va asossiz deb hisoblaydi. Lapuzin bu Rossiya Konstitusiyasining inson huquqlari va erkinliklari haqidagi 2-bobi talablariga javob bermasligini qayd etdi.

7 mart kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sud majlisida Abdalkin Rossiya Qurolli kuchlarini obro‘sizlantirishda aybini tan olmagan. Deputatga qarshi Rossiya Qurolli kuchlarini obro‘sizlantirish (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.3.3-moddasi 1-qismi) bo‘yicha 2 mart kuni ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga murojaat bilan chiqqan. Shu kuni Abdalkin o‘zining “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida qulog‘iga lag‘mon ilib, prezident murojaatini tomosha qilayotgan videosi bilan post joylashtirgan.

Keyinroq davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn Abdalkinning qilmishidan norozi bo‘lib, uni “o‘zini tiyib turishga” chaqirgan. Bundan tashqari, deputatlar Abdalkinga partiya nizomida ko‘zda tutilgan jazo choralarini qo‘llash va uni partiyadan chetlatishni taklif qilgandi.

Kiritildi: 15:33 17.03.2023. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!