Mintaqadagi vaziyat so‘nggi kunlarda Yevropa Ittifoqi Rossiya neft tankerlarini musodara qilish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilganidan so‘ng keskinlashdi.
Kremlga yaqin bloger Yevropa Ittifoqining Boltiq dengizidagi neft tankerlarini egallab olish tahdidlariga javoban, Rossiya va G‘arb o‘rtasida bir necha kun ichida urush boshlanishi mumkinligini ogohlantirib o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda Rossiyaga xayrixoh xabarlar tarqatib kelayotgan targ‘ibotchi Sergey Markov, Yevropa Ittifoqining Rossiya tomonidan neft sanksiyalarini chetlab o‘tishiga hamda uning eskirgan kemalar flotining atrof-muhitga ehtimoliy xavf tug‘dirishiga javoban keskin choralar ko‘rishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Yaqinda, yakshanba kuni Sankt-Peterburg g‘arbidagi Ust-Luga portida sodir bo‘lgan portlash "Koala" kemasi ekipajini evakuasiya qilishga majbur qilgani va bu hodisa tekshirilayotgani Rossiya dengiz va ichki suv transporti federal agentligi tomonidan tasdiqlandi.
Ukraina ichki ishlar vazirligining sobiq maslahatchisi Anton Geraschenko Markovning quyidagi so‘zlarini keltirgan: "Bir necha hafta ichida Boltiq dengizida yangi urush boshlanishi mumkin. Yevropa Ittifoqi Rossiya neft kemalarini qaroqchilarcha qo‘lga kiritishga tayyorgarlik ko‘rmoqda."
"Hozir ular o‘tirib, soxta qonuniy asoslarni o‘ylashmoqda. Va ular sinov qadamlarini tashlashmoqda. Rossiyaning bitta tankeri allaqachon Finlyandiyaning davlat qaroqchi kemasi tomonidan ushlab olingan, ammo Rossiya bunga hech qanday munosabat bildirmadi."
"Odatdagidek, u faqat so‘z bilan tashvishini ifoda etdi, xolos."
Markov so‘zini davom ettirib: "Endi NATO davlatlarining harbiy guruhi ham Rossiya kemalarini qaroqchilarcha qo‘lga olish va yangi sinov bosqichlarini amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda," dedi.
Uning ta’kidlashicha, "Boltiqbo‘yidagi qaroqchilik tajovuzi" Ukrainadagi urushga o‘xshash tarzda rivojlanadi.