Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putinning Donesk viloyatidan Ukraina Qurolli Kuchlarini olib chiqishga bo‘lgan qiziqishi endi deyarli «nolga teng»

Putinning Donesk viloyatidan Ukraina Qurolli Kuchlarini olib chiqishga bo‘lgan qiziqishi endi deyarli «nolga teng»

TASS xabariga ko‘ra, Vladimir Putin urushning davom etishi uchun mas’uliyatni yana Ukraina zimmasiga yukladi va o‘z maqsadlariga erishmaguncha jang qilish bilan tahdid qildi. U harbiylar bilan o‘tgan yig‘ilishda shunday dedi:

«Kiyev rejimi boshliqlari bu mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga shoshilmayapti. [...] Biz jangovar to‘qnashuv chizig‘ida kuzatayotgan (Rossiya qo‘shinlarining hujum sur’atlari)ga qaraganda, hozircha ukrain harbiy tuzilmalarini ular egallab turgan hududlardan olib chiqishga bo‘lgan qiziqishimiz amalda nolga tushib bormoqda. Agar Kiyev hokimiyati masalani tinch yo‘l bilan yakunlashni istamasa, biz oldimizda turgan barcha vazifalarni maxsus harbiy operasiya doirasida qurolli yo‘l bilan hal qilamiz».

BILD tahririyati xulosasiga ko‘ra, Putinning mantiqi shundan iboratki: Rossiya qancha ko‘p hududni nazorat qilsa, u muzokaralar olib borishga shuncha kam qiziqadi. Uning xabari aniq: tinchlik faqat Kreml shartlari asosida bo‘lishi mumkin — aks holda u umuman bo‘lmaydi.

Jangovar bayonotlar uchun vaqt ham bejiz tanlanmagan — Putin ularni AQSh va Ukraina prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy uchrashuvidan atigi bir kun oldin aytdi. Tramp avvalroq urushni «juda tez yakunlashni» istashini bir necha bor bildirgan. Zelenskiy esa Ukrainaning hududiy yo‘qotishlari, uning xavfsizligi va suvereniteti evaziga tuziladigan tinchlik kelishuvi muhokama qilinmasligini qat’iy ta’kidlab kelmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:07. O'qildi: 1470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!