Rossiya prezidenti Vladimir Putinning BMTning Bokudagi iqlim bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etishi haqidagi qaror hali qabul qilinmagan, dedi uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov. U, albatta, Rossiya vakili bo‘lishini ta’kidladi.
"Hali hech qanday qaror qabul qilinmadi", dedi Kreml vakili "RIA Novosti" agentligiga Vladimir Putinning anjumandagi ishtiroki haqidagi savolga.
11-22 noyabr kunlari Bokuda COP29 iqlim konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Iyul oyida bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ushbu anjumanga tashkilotning barcha rahbarlarini, jumladan Vladimir Putinni taklif qilgan edi. Tadbirda jami 198 davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
COP29ga kim mezbonlik qilishi masalasi ikki haftadan beri muhokama qilinmoqda. Rotasiya doirasida konferensiyaga Sharqiy Yevropa davlatlaridan biri mezbonlik qilishi kerak edi. Bir necha davlatlar Bolgariyani taklif qilishdi, ammo Bloomberg yozganidek, Rossiya Yevropa Ittifoqi a’zosining arizasiga qarshi ovoz berdi. Keyinchalik tomonlar COP29ni Ozarbayjonda o‘tkazishga kelishib oldilar.