Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali muayyan natijalarga erishilgandagina, davlat rahbarlari darajasidagi uchrashuv mavzusiga qaytish mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Peskov, shuningdek, Erdo‘g‘an Rossiya, AQSh va Ukraina prezidentlarini qabul qilishga tayyorligi borasidagi Turkiya TIV bayonotiga ham izoh berib o‘tdi.
"Prezident Putin bir necha marta oliy darajadagi aloqalar tarafdori ekanligini va ular, shubhasiz, zarurligini ta’kidlagan. Biroq, ushbu holatda yaxshi tayyorlanish va avvalo davlat delegasiyalari o‘rtasidagi bevosita muzokaralarda natijaga erishilishi lozim. Shundan so‘ng, agar va qachonki bunday natijaga erishilsa, albatta, oliy darajadagi uchrashuv haqida so‘z yuritish mumkin bo‘ladi", – deya ta’kidlali Peskov.