Mamlakat Qurolli Kuchlarining shtat soni 2 441 630 nafarga yetkazildi. Shundan 1 550 500 nafari harbiy xizmatchilardir. 2026 yil boshidan beri Rossiya armiyasining shtat soni to‘rtinchi marta oshirilmoqda.
Qaror hujjat imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Rossiya prezidenti urushda ortib borayotgan yo‘qotishlar fonida bir yil ichida to‘rtinchi marta o‘z armiyasi sonini oshirdi. Kreml ularni to‘ldirish uchun 2026 yil oxirigacha 300 ming harbiy xizmatchini chaqirishni rejalashtirmoqda, deydi Ukraina rasmiylari.
Dushanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin armiya sonini 15,5 ming kishiga oshirish va buning uchun federal byudjetdan zarur mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.