Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Moskvadagi muzokaralar chog‘ida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga ma’lum qildi.
"Militarist Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi va Ikkinchi jahon urushi yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarga taklif qilganingiz uchun sizdan minnatdorman. Shu sanaga to‘g‘ri kelgan rasmiy tashrif bilan do‘st Xitoyga yana tashrif buyurishdan xursand bo‘laman", — dedi Putin.