Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Putin va Tramp uchrashuviga tayyorgarlik tezlashtirilishi mumkin – CNN

Putin va Tramp uchrashuviga tayyorgarlik tezlashtirilishi mumkin – CNN

Moskva va Vashington vakillari o‘rtasidagi birinchi muzokaralar 18 fevral kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan edi. CNN telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda uchrashuvning navbatdagi raundiga tayyorgarlik ketmoqda, u ham Fors ko‘rfazi davlatlaridan birida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, AQSh va Rossiya prezidentlarining shaxsiy uchrashuviga tayyorgarlik tezlashtirilishi masalasi xususiy tartibda muhokama qilinmoqda.

CNN'ning qayd etishicha, Moskva Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi keskinlashgan munosabatlar fonida Rossiya–Ukraina urushini tugatish bo‘yicha qiyin muzokaralar ikkinchi planga surilib, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy kelishuvlar muhokamasi ustuvor bo‘lishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 12:45 03.03.2025. O'qildi: 1579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!