Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin va Szinpinning suhbati Trampning inaugurasiyasiga aloqador emas

Putin va Szinpinning suhbati Trampning inaugurasiyasiga aloqador emas

Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya va Xitoy rahbarlari Vladimir Putin va Szinpin o‘rtasidagi videokonferensiya muzokaralari bir kun oldin bo‘lib o‘tgan AQSh prezidenti Donald Trampning inaugurasiyasi bilan bog‘liq emas.

Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

"Bu (VKS) mutlaqo unga bog‘liq emas", dedi u bu boradagi savolga javob berib.

Uning ta’kidlashicha, "rahbarlar an’anaga ko‘ra yil boshida telefon orqali muloqot qilishadi yoki video aloqa orqali fikr almashishadi". 21 yanvar kuni videokonferensiya o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga dekabr oyida erishilgan edi.

"O‘shanda biz o‘sha sanani Vashingtondagi inaugurasiya bilan solishtirishga ham urinmadik", — deya qo‘shimcha qildi prezident yordamchisi.

Rossiya Federasiyasi va AQSh prezidentlari o‘rtasida telefon muloqotini tashkil qilish masalasiga to‘xtalib o‘tgan Ushakov, Vashington bu borada hozircha hech qanday aniq taklif bilan chiqmaganini aytdi.

Kiritildi: 18:01 21.01.2025. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!