Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Putin va Japarovning matbuot kotiblari “Tokayevning mukofotlardan bosh tortgani” haqidagi xabarlarga izoh berdi

Putin va Japarovning matbuot kotiblari “Tokayevning mukofotlardan bosh tortgani” haqidagi xabarlarga izoh berdi

Turli saytdarda Rossiya va Qirg‘iziston tomoni Qozog‘iston prezidentiga "Aleksandr Nevskiy" hamda "Manas" ordenini topshirmoqchi bo‘lgani, biroq Qosim-Jomart Tokayev rad javobini bergani haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlarga izoh sifatida Tokayevning matbuot kotibi Ruslan Jeldibay prezident vakolat muddati tugagunga qadar hech qanday mukofot yoki orden qabul qilmaslikka qaror qilganini bildirdi.

Ammo, Qirg‘iziston respublikasi prezidenti matbuot kotibi Erbol Sultanbayev bu xabarlarni inkor etdi. "Qozog‘iston rahbarining Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi chog‘ida davlat mukofotini topshirish rejalashtirilmagan edi", — dedi u.

Shuningdek, Rossiya prezidenti matbuot kotibi ham munosabat bildirdi. "Bu ma’lumot qayerdan kelganini bilmayman, chunki hech qanday mukofot topshirilmagan. Bunday rejalar bo‘lgani ham yo‘q edi", — deydi Dmitriy Peskov.

Kiritildi: 20:55 18.06.2022. O'qildi: 8914 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!