Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Putinning ta’kidlashicha, Moskva va Bishkek o‘rtasidagi kelishuvlar to‘liq amalga oshirilmoqda va bu Qirg‘iziston iqtisodiyoti o‘sish sur’atlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. U, shuningdek, Japarovning tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishiga ishonch bildirdi.
Japarov esa mamlakatlar strategik sherik bo‘lib qolishini ta’kidlab, Rossiya prezidentini Bishkekda o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga taklif qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, sammit 31 avgust va 1 sentyabr kunlari Qirg‘iziston poytaxtida o‘tkaziladi.